AMINOV

AMINOV Neʼmat (1937.17.7, Buxoro viloyati Romitan tumani) — hajvchi yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Buxoro pedagogika in-tining tarixfilologiya f-tini tamomlagan (1959). Viloyat radioeshittirish qoʻmitasida muharrir va bosh muharrir (1961-73), «Mushtum» jur. da masʼul kotib, bosh muharrir (1973 – 95), «Sharq yulduzi» jur. bosh muharrir oʻrinbosari(1989 — 91), respublika «Maʼnaviyat va maʼrifat» jamoatchilik markazi rahbari (1995—99). Birinchi hajviy hikoyalar toʻplami — «Ikki pullik obroʻ» 1966-y. da nashr etilgan. Soʻng «Qirq uchinchi pochcha» (1970), «Labihovuz xandalari» (1973), «Chinorlar qoʻshigʻi» (1984), «Yelkasiz polvon» (1986), «Oʻgʻri mushukcha» (1987), «Qahqaha» (1987), «Yallama-yorim» (1988), «Cholbolaning ertaklari» (1990) va b. hajviy toʻplamlari zʼlon qilingan. 1976 — 83 ylarda «Yelvizak» va «Suvarak» qissalari asosida «Yolgʻonchi farishtalar yoxud yelvizakfeʼl va suvarakmijoz Bashirjon Zaynishev hayotidan» hajviy romanini yaratdi. Uning hajvchilik ijodi adabiyotda oʻziga xos milliy boʻyoqlarga boyligi bilan ajralib turadi. Uning ijodiga xos xalqchillik «Bir asr hikoyati» (1996) asarida namoyon boʻldi. A otasidan eshitgan voqealar va hikmatlar silsilasi asosida donishmand Sharq kishisining ajoyib obrazini yaratdi. Aminov asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x