AMFIBOLIT

AMFIBOLIT — metamorflashgan oʻrtacha donador togʻ jinsi. Aksari amfibollar, plagioklazlar va qoʻshimcha minerallardan tarkib topgan. Rangi qora, toʻq yashil. Amfibolit metamorfizm natijasida oʻrta va asosli magmatik jinslar va qisman baʼzi bir choʻkindi jinslardan paydo boʻladi. Oʻzbekistonda Buxoro va Fargʻona viloyatlaridagi togʻlarda, ayniqsa, Qoraqalpogʻistondagi Sulton Uvays togʻlarida koʻp uchraydi. Qora rangli turlaridan bezak buyumlar yasashda va binokorlikda qoplama bezak materiali sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x