AMERIKA-MEKSIKA URUSHI (1846—48) — AQSHning Meksikaga qarshi olib borgan bosqinchilik urushi. AQSHning jan. dagi plantatorquldorlar Meksikaning Texas shtatiga kuchib utganlar va Meksika hukumatiga qarshi isyon koʻtarganlar (1835) hamda Texasni «mustaqil» davlat deb eʼlon qilganlar (1836). 1845-y. ga kelib, AQSH Texasni oʻz shtatlari tarkibiga qoʻshib olishga erishdi, bu 1846—48 y. urushini keltirib chiqardi. AQSH bosqinchilari Meksika qoʻshinlarini tor-mor qilib, 1847-y. sent. da mamlakat poytaxti Mexikoni oldilar. 1848-y. 2 fev. da Guadalupe-Idalgoda sulh shartnomasi tuzildi, unga muvofiq AQSH Meksika yerlarining deyarli yarmini (Texas, Yangi Meksika, Arizonaning bir qismi, Yuqori Kaliforniyani) uziga qoʻshib oldi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые