AMENXOTEP IV — Misr firʼavni (mil. av. 1368—1351), Amenxotep III oʻgʻli. Fiva koxinlari va eski zodagonlarning qudratini sindirish maqsadida diniy islohchi sifatida chiqib yangi davlat dini — maʼbud Atonga sigʻinishni joriy etgan hamda Axetaton sh. (hoz. Amarna)ni davlat poytaxti qilgan, oʻziga Exnaton (aynan «Atonga xush keluvchi») ismini qabul etgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые