ALYUMINIY SULFAT, A12(SO4) 3 — sulfat kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall modda; oddiy sharoitda A12(SO4)318H2O oq rangli kristallogidrat holida boʻladi. 100 g suvda 36,15 g eriydi, spirtda erimaydi. Kristallogidrat qizdirilganda asta-sekin suvini yoʻqotadi, yuqori t-rada alyuminiy oksidi va oltingugurt gaziga parchalanadi. Ishqoriy metallarning sulfatlari bilan birikib, qoʻsh tuzlar — achchiqtoshlar hosil qiladi. Texnik Alyuminiy sulfat boksit yoki giltuproqqa sulfat kislota taʼsir ettirib, sof holdagi Alyuminiy sulfat esa alyuminiy gidroksidni qaynoq konsentrlangan sulfat kislotada eritib olinadi. Alyuminiy sulfat suv tozalash, qogʻoz i. ch., toʻqimachilik va teri oshlash sanoatida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые