ALYUMINIY NITRAT, Al2(NO) 3 — nitrat kislotaning alyuminiyli tuzi. Oq rombik kristall modda. Alyuminiy gidroksid |A1(ON)3] ni nitrat kislotada eritib olinadi. Alyuminiy nitrat kristallogidratlar A1(NO3)3H2O, A1(NO3)3-6H2O va A1(NO3)3 9N2O holdagina barqaror. U 200° gacha qizdirilganda azot oksidlariga va alyuminiy oksidiga ajraladi. Suvda yaxshi eriydi (100 g suvda 75,5 g), spirtda ham eriydi. Alyuminiy nitrat toʻqimachilik sanoatida xurush sifatida, katalizatorlar olishda, neft sanoatida va lab. larda reaktiv sifatida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые