ALMASHUVCHAN OʻZARO TAʼSIR

ALMASHUVCHAN OʻZARO TAʼSIRayniy zarralarning bir-biriga alohida taʼsir koʻrsatishi. Almashuvchan oʻzaro taʼsir zarralarning diskret xarakteristikalari (zaryadi, spini, massasi) va toʻlqin funksiyasiga bogʻliq. Koʻpchilik hodisalar (mas, gomeopolyar bogʻlanish hosil boʻlishi, kristallarda zonalar hosil boʻlishi va h. k.)ga Almashuvchan oʻzaro taʼsir sabab boʻladi. Ayniy zarralar tizimida ular oʻrnining juft-juft boʻlib almashinishidan yuzaga keladigan simmetriyani aks ettiruvchi sof kvant effekt; klassik fizikada unga oʻxshash oʻzaro taʼsir yoʻq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x