ALMANAX

ALMANAX (arab. — almunah — vaqt, kalendar) — turli mualliflarning mavzu, janr va b. belgilarga koʻra birlashtirilgan adabiy asarlari tuplami. Oʻrta asrlarda Sharqda astronomiya kalendarlari Almanax nomi bilan atalgan. Bundan tashqari, Sharq adabiyotida zamondosh shoirlarning ijodlaridan namunalar yigʻib «Bayoz»lar ham tuzilganki, ularni ham Almanax larning mukammal shakli deb baholash mumkin. 17—18-a. lardan Yevropada ham shunday Almanaxlar nashr etila boshlagan, lekin qiziqarli boʻlishi uchun ularga kichik-kichik badiiy asarlar (hikoya, sheʼr, latifalar) ham kiritilgan, shu tariqa, Almanax hoz. maʼnosiga ega boʻlgan. Oʻzbekistonda ham Almanaxlar nashr etib turiladi (mas, «Armugon», 1944; «Zafar» 1945; «Guldasta», 1964, 1968; «Yoshlik», 1970—84 va h. q.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x