Allon mahallasi


Post Views:
204

ALLON MAHALLASI (Forobiy ko‘chasi, 278) – Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) tumanidagi mahalla. «Chimboy», «Chig‘atoy darvoza», Alisher Navoiy, «Beruniy maydoni» va «Universitet» mahallalari bilan chegaradosh. 1931 yil tashkil qilingan. «Allon» so‘zi Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» va Navoiy asarlarida «Olong» (tepalik, past-balandlik ma’nosida) shaklida uchraydi. Darhaqiqat, «Allon» Binkat atrofida, shahar devoriga yaqin joydagi tepalik yerda vujudga kelgan. Aholisi 3646 kishi (2009). Milliy tarkibi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, rus, qozoq, uyg‘ur, tatar, tojiklar ham yashaydi. Mahalla hududida «O‘zstandart» agentligi (Gosstandart), buxoro yahudiylari qabristoni, bolalar sport maydonchasi, choyxona, oziq-ovqat do‘konlari, supermarket, 2 kafe, 2 sartaroshxona, bir necha novvoyxona mavjud. Mahalla faxriylaridan Daliboy Zohidov 37 yil (1950–87) oqsoqollik qilgan. Shu mahallada davlat arbobi N.A.Muhitdinov (1917–2008) tug‘ilib o‘sgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/allon-mahallasi-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x