ALLANTOIS, embrion qovugʻi (Allantois) — sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar — amniotalarning embrion pardalaridan biri. Orqa ichakdan hosil buladi, amnion bilan seroz parda orasida joylashadi. Embrionda nafas olish, chiqarish va oziqlantirish vazifasini bajaradi. Sudralib yuruvchilar va qushlarda Allantois yaxshi rivojlangan. Sut emizuvchilarda embrion bachadonda taraqqiy etganligidan Allantois bir qancha oʻzgarishlarga uchraydi va yuldosh (platsenta) shakllanishida qatnashadi. Allantois devoridagi bir talay qon tomirlari embrion bilan tashqi muhit yoki embrion bilan ona organizmi urtasida gaz almashinuvini taʼminlaydi. Embrion rivojlanishining soʻnggi davrlarida Allantoisning embrionda qolgan qismi qovuqqa aylanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые