Tarjimai hol
Magomed-Ali 1949 yilda 6 noyabrda Dog‘iston shahar, Lakskom tumanida tavallud topgan. Yoshligida Dog‘istondagi M.Yunusilau xalq rassomchilik studiyasida shug‘ullanib, rasm chizishni boshlagan.
1976 yili Dog‘iston rassomchilik bilim yurtini tugatgan. Yosh turmush o‘rtog‘i Nurziyat bilan (O‘zbekiston) Navoiy viloyatiga ko‘chib kelib, osoyishta hayot kechirishni boshlaydi.
Yosh rassomning ijodiy faoliyati “Farxod” madaniyat uyiga rahbarlikdan boshlangan, bolalarni haykaltaroshlik, kulolchilik, naqqoshlikka o‘rgatgan.
Bugun, Magomet Ali Aliyev O‘zbekiston rassomlar akademiyasi a’zosi, Navoi viloyati va uning tashqarisidagi san’atshunoslarning keng olamida shuhrat qozongan shaxs sifatida tanilgan. Uning ishlari O‘zbekiston rassomlar uyushmasi ko‘riklari, xalqaro ko‘rgazmalarga bir necha bor qo‘yilgan, ayrim ishlari Respublikaning amaliy san’ati muzeyidan joy olgan.
Navoiyda ishlagan yillari M. Aliyev yetuk usta va shaxs sifatida shakllanishining buyuk va samarali yo‘lini bosib o‘tdi. U rassom, tashkilotchi va boshqaruvchi sifatida shakllandi. Ijodiy ustaxonalarning yaratilishi uning ildam harakatlari natijasi bo‘lgan. Hayotining 30 yiliga yaqin davrini u o‘zi uchun ikkinchi ona yurti bo‘lib qolgan O‘zbekistonning ajdodlari xotirasi va mehmondo‘st xalqini ulug‘lashga bag‘ishlagan.
Bu yerda samarali mehnati bilan haykaltarosh sifatida shuhrat qozonadi. Ko‘plab shaharlar, muassasalar va harbiy bo‘limlar u tomonidan yaratilgan Amir Temur, Alisher Navoiy, Ibn Sino (Avitsenna), Sobir Rahimov kabi O‘zbekistonning ko‘plab tarixiy madaniyat arboblari haykali va byustlari bilan bezatilgan.
So‘nggi yillarda ishtirok etgan ko‘plab xalqaro tanlovlarning doimiy g‘olibiga aylanib qolgan. U tomonidan yaratilgan afsonaviy ayol, Dog‘iston xalqining laksk dostoni qahramoni bo‘lmish Partu Patimning haykali Kumux tog‘i qishloqlaridagi memorialga o‘zgacha tarovat baxsh etib turadi.
2005 yil Magomet Ali Aliyevga Dog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan rassom unvoni berilgan. Dog‘istonda ham u ona diyorining xalq qahramonlari hamda Ikkinchi jahon urushi qahramonlari haykallari va byustlarini yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Ular sirasida, Ikkinchi jahon urushida Italiyada xizmat qilgan kapitan Gasan Guseyn Kamalov va fransuz qarshiligi qatnashchisi Guseyn Kushayevlar ham bor. Dog‘iston xalq shoiri Rasul Gamzatov, shuningdek, Dog‘iston qahramoni Umaxanov Moxamedsalom haykallarini yaratib, Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan.
O‘zbekiston rassomlar uyushmasi va AQSh, Kanada, Meksika hamda Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmalarda bir necha bor o‘z ishlarini namoyish etgan. Ular O‘zbekiston amaliy san’at muzeyidan ham o‘rin olgan.
M.Aliyev O‘zbekiston badiiy akademiyasi kumush medali va “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan (2001). Mazkur sharafli unvon ijodkorning hamkasblari, barcha O‘zbekiston rassomlar ijodiy birlashmasi, u ko‘p yillar davomida muvaffaqqiyatli boshqargan Navoiy bo‘limi, shuningdek boshqa ijodiy va ilmiy jamiyat vakillarida ham g‘urur va iftixor hissini uyg‘otadi.
M.Aliyevning sersamara ijod namunalaridan shu ayоnki, u haqiqiy rassom sifatida o‘z asarlari orqali xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlashda kuchli ta’sir ko‘rsatgan.
Unvon va mukofotlari:
• O‘zbekiston badiiy san’at akademiyasi a’zosi
• O‘zbekiston badiiy akademiyasi kumush medali (1999) va “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan (2001).
• Dog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan rassom (2005).
• O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni.