ALIYEV Abat (1930.25.10, Chimboy tumani) — Qoraqalpogʻiston xalq shoiri (1992). Nukus pedagogika in-tini tamomlagan (1951). Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimidagi Til va adabiyot in-tida ilmiy xodim (1974—76), «Yerkin Qaraqalpaqstan» gaz. da boʻlim mudiri (1976—81), Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasining masʼul kotibi (1991—92). Aliyev «Yoshlik kuchi» (1956), «Bizning ovul yigiti» (1961), «Haqiqat shajarasi» (1973), «Mening Guljamolim» (1974), «Umr tashvishlari» (1987), «Koʻrmaganimiz koʻp ekan» (1991), «Hayotning qizigʻi» (1993) kabi hikoya, povest va romanlar muallifi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые