Alisher Zokirov — Yurak

Dardim uzun, uzun bu tunlar,
Yurak mahzun, ma’nosiz kunlar.
Ayt, ne uchun ko`ngil hamon sen bilan?
Xayolimdan ketmas u damlar,
Vujudimni tirnar alamlar,
Ko`zlarimni ko`r qildi bu muhabbat.

Ammo yurak sen bilan,
Lekin u qaytmaydi.
Mening dardim sen bilan,
Sensiz dard bitmaydi.

Ammo yurak sen bilan,
So`ndiku orzular.
Mening qalbim sen bilan,
Sog`inchim bitmaydi,
Yuragim yig`laydi.

Sarson hayot, ayro bu yo`llar,
Sensiz netay, ko`nmas bu dillar,
Xazon bo`lib, sevgim armon bu kunlar.
Xayolimdan ketmas u damlar,
Vujudimni tirnar alamlar,
Ko`zlarimni ko`r qildi bu muhabbat.

Ammo yurak sen bilan,
Lekin u qaytmaydi.
Mening dardim sen bilan,
Sensiz dard bitmaydi.

Ammo yurak sen bilan,
So`ndiku orzular.
Mening qalbim sen bilan,
Sog`inchim bitmaydi,
Yuragim yig`laydi.

Yuragim yig`laydi…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x