ALIMOV Shavkat Orifjonovich

ALIMOV Shavkat Orifjonovich (1945.2.3, Nukus) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), fizika-mat, fanlari d-ri (1973), prof. (1974). Moskva davlat un-ti (MDU)ni tugatgan(1967). MDUda (1974—84) ishlagan, ToshDU kaf. mudiri va Oʻzbekiston FA Matematika in-tida direktor oʻrinbosari (1984-85), SamDU (1985-87), ToshDU (1987—89) rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1990-91), ToshDU kaf. mudiri (1991-94). Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (1994—95), Oʻzbekiston Respublikasining XXR dagi favqulodda va muxtor elchisi (1995—98), Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unversitetida prorektor (1998-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari matematik fizikaning xususiy hosilali differensial tenglamalari muammolariga, xususan oʻzoʻziga qoʻshma elliptik operatorlarning spektral nazariyasiga, differensial va integral tenglamalar muammolariga bagʻishlangan. «Karrali qatorlar va Furye integrallari» monografiyasi Germaniyada («Springer Verlag» nashriyoti) ingliz tilida nashr etilgan (1991). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x