Alimov Anvar Valiyevich

Tarjimai hol

Anvar Valiyevich Alimov (1955 yil 19 iyun tug‘ilgan) — 2012 yil 9 avgustdan 2016 yil 13 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri. Bu davrda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi a’zosi ham.

Anvar Valiyevich Alimov 1955 yili 19 iyun kuni Toshkentda tug‘ilgan. 1978 yili O‘rta Osiyo Pediatriya institutinining yosh bolalar anesteziolog-reanimatologi mutaxassisligi bo‘limini a’lo tamomlagan. Anvar Valiyevich Professor hamda tibbiyot fanlari doktori unvoniga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 7 avgustdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan.

 

Ish faoliyati

 

1978-1987 yillar — O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya institutida yosh bolalar jarrohligi anesteziologiya-renimatologiya kursida kafedra yordamchisi, bosh laborant, kasalxona davolovchi shifokori sifatida faoliyat olib borgan.

1981 yil — fan nomzodligini himoya qilgan.

1987-1993 yillarda — Toshkent tibbiyot xodimlari malakasini oshirish institutida yordamchi, dotsent, pediatriya fakultetida dekan bo‘lib ishlagan.

1993-1994 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi onalik va bolalikni himoya qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i.

1994 yil — doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1994-1999 yillar — O‘zbekiston Respublikasi Prezident Apparatida mas’ul xodimi.

1999-2009 yillar — Toshkent tibbiyot pediatriya instituti rektori lavozimida ishlagan.

2009-2012 yillar — O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 7 avgustdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x