ALIKANTE — Ispaniyadagi shahar va port, Oʻrta dengiz sohilidagi kurort. Alikante provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 261 ming kishi (1991). Yogʻ-moy, tamaki, kimyo, metallsozlik, sement, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Chetga vino va meva-sabzavot mahsulotlari chiqariladi. Alikante qadimda rimliklar qishlogʻi boʻlgan. Arablar hukmronligi davrida al-Lukant deb atalgan. 1490-y. da shahar maqomini olgan. Meʼmoriy yodgorliklardan oʻrta asrda qurilgan Santa-Barbara qasri, ratusha binosi (17—18-a. lar) va San-Nikolas de Bari (17-a.) cherkovi saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые