ALGONKINLAR — Shim. Amerikadagi indeys xalqlari guruhi (ojibve, mogikan, delavar, kri, montanye, naskap, cheyen va b.). 260 ming kishi. Bulardan 100 ming kishi Kanadada va 160 ming kishi AQSHda (1992) maxsus ajratilgan joylarda yashaydilar, algonkin tilida gaplashadilar. Algonkinlar mongoloid irqiga mansub. Algonkinlarning koʻp qismi mustamlakachilar tomonidan qirib tashlangan. Kanadada yashovchi Algonkinlar, asosan, moʻynali hayvonlarni ovlaydilar. AQSHda yashovchilari dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Dindorlari katoliklar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые