DO`STLARGA ULASHING:
?Alflutop ampulasi — bo’g’im — suyak kasalliklarida qo’llaniladi.
?1 ml va 2 ml ampulalarda chiqariladi.
#Alflutop ampula
#Алфлутоп ампула
?Dori shakli : ?
ineksiya uchun eritma.
?Tarkibi : Kichik dengiz balig’i bioaktiv konsentrati.
? Qo’llanilishi ?
— Birinchi va ikkinchi darajadagi osteoartrozda
— Spondiliozda
— Osteoxondrozda
— Suyak zichligi kamayib mo’rt bo’lib qolganda
— Paylar yallig’lanishida
— Paylar funksiyasi buzilganda
— Suyak og’rishida
— Bo’g’imlar og’riganda va yallig’langanda
?Qabul qilish usuli ?
Preparatni mushak orasiga sutkasiga 1 ampula , ya’ni 1 ml yuboriladi. Davolanish doimiyligi — 20 kun.
Yoki preparatni har 2 kunda ya’ni orada bir kun qoldirib 2 ml dan mushak orasiga yuborish mumkin. Davolanish doimiyligi — 10 kun.
Davolashda shu ☝️ ikki variantdan birini qo’llashingiz mumkin.
?Nojo»ya ta’siri ?
Allergik reaksiyalar (kam xollarda).
❌Qo’llash mumkin emas ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Homiladorlik va emizish davrida
— Yosh bolalarga va 18 yoshdan kichik bo’lganlarga qo’llash mumkin emas.
?Preparatni vena ichiga yuborib bo’lmaydi.
?Qo’llash — retsept bilan.
?Ishlab chiqaruvchi — Ruminiya