ALEKSANDR III

ALEKSANDR III (1845.26.21894.20.10) — Rossiya imperatori (1881— 94), Aleksandr II ning 2 – oʻgʻli. «Samoderjaviyeni mustahkamlash haqidagi manifest»ni eʼlon qilgan (1881). Aleksandr III davrida 80 – y. oxiri — 90-y. boshlarida bir necha islohotlar amalga oshirildi (jon soligi bekor qilindi, tovonlar kamaytirildi, zemstvo va shahar nizomlari qayta koʻrib chiqildi). Uning davrida Rossiya tomonidan Turkistonni bosib olish (1885) asosan tugʻallangan. Xususan 1879 va 1880—81 y. larda Axaltaka harbiy yurishlari natijasida Turkmaniston bosib olingan. Turkmanlarning Goʻktepa qalʼasini olishda ruslar 45 ming qalʼa himoyachisi (shundan 5 ming kishida qurol boʻlgan, qolgani ayollar, bolalar edi) ni oʻldirishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x