ALEKSANDR I

ALEKSANDR I (1777.12.12, Peterburg – 1825.19.11, Taganrog) — Rossiya imperatori (1801—25). Otasi imperator Pavel I saroydagi fitna oqibatida oʻldirilgach (1801), taxtga oʻtiradi. Aleksandr I Vena kongressi va «Muqaddas ittifoq» (1815)ning tashkilotchilaridan biri. U ichki siyosatda moʻtadil liberal islohotlarni amalga oshirgan [ministrliklar va ministrlar kabineti taʼsis etgan (1802), Peterburgda pedagogika in-ti ochtirgan (1804) va b. ] boʻlsada, shu bilan birga harbiy qishloqlar tashkil etadi, dehqon va soldatlar qoʻzgʻolonini shafqatsizlik bilan bostiradi. 1810-y. lar oʻrtasidan tarixga arakcheyevchilik nomi bilan kirgan oʻta reaksion ichki siyosat yurita boshlagan. Aleksandr I davrida Gruziya (1801), Finlyandiya (1809), Bessarabiya (1812), Ozarbayjon (1813) yerlari; sobiq Varshava gersogligi (1815) Rossiya tomonidan bosib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x