ALEKSANDR BURJI

ALEKSANDR BURJI — SanktPeterburg sh. (RF) dagi meʼmoriy yodgorlik. Maydonning markaziy mujassamoti. Aleksandr burji ampir uslubida 1830—34 y. larda meʼmor A. A. Monferran loyihasi asosida (1812-y. urushidagi galaba sharafiga) oʻrnatilgan. Aleksandr burji toʻqqizil granit toshdan yasalgan baland ustun (maxsus kursi) ustiga oʻrnatilgan. Ustida avliyo haykali bor (haykaltarosh B. I. Orlovskiy). Tagkursiga boʻrtma tasvirlar (haykaltarosh P. V. Sinsov, I. Leppe, J. B. Skotti) ishlangan. Umumiy bal. 47,5 m. Ogʻirligi taxm. 500 t.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x