ALEATORIKA (lot. alea — tasodifiylik) — 20-a. ikkinchi yarmida Yevropa kompozitorlik ijodida dodekafoniyaning qatʼiy qonun-qoidalariga qarshi yuzaga kelgan oqim. Uning zamirida tasodifiylik (mas, muayyan notalarni ishlatish boʻyicha «qurʼa»ga tayanish, soqqachalar tashlash va b.)dan ijodiy foydalanish yotadi. Aleatorika asarlarida kom-pozitorlar baʼzan ijrochilarning mahorat imkoniyatlariga ham unumli tayanishadi. Shu bois hoz. kungacha mexanik (qatiy) Aleatorika, badihaviy Aleatorika va nazoratli Aleatorika turlari odat tusiga kirgan. Bularning birinchi va ikkinchisi P. Bulez (Fransiya) va K. Shtokxauzen (Germaniya) to-monidan 1950-y. larning 2-yarmida, uchinchisi esa 60-y. lar boshida V. Lyutoslavskiy (Polsha)larning izlanishlari natijasida joriy etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые