ALBINIZM

ALBINIZM (lot. albus — oq) — odam va hayvonlar terisi va koʻzining rangdor pardasida pigmentning (yuksak oʻsimliklar tanasi yoki organlarining bir qismida yashil rangning) boʻlmasligi. Albinizm — irsiy belgi boʻlib, pigment (melanin, xlorofill) sinteziga toʻsqinlik qiluvchi retsessiv genning gomozigot holatga oʻtishi yoki xloroplastlarda sodir boʻladigan irsiy oʻzgarishlar (q. Sitoplazmatik irsiyat) bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Rangini yoʻqotgan organizmlar albinoslar deyiladi. Albinoslar 20000—40000 odamdan bittasida uchraydi. Lab. hayvonlari — kalamush, sichqon, quyonlarning toza albinos liniyalari tadqiqot ishlarida foydalanish maqsadida boqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x