ALAXLASH

ALAXLASH, deliriy — ong oʻzgarishining bir turi, voqealarni anglash qobiliyatining buzilishi. Alaxlash vaqtida bemor koʻpincha bezovtalanib, koʻziga turli-tuman qoʻrqinchli narsalar (mas, hayvonlar) koʻrinadi, uni ayblovchi, haqoratlovchi tovushlar eshitadi, baʼzan oʻzini himoya qilish payida boʻladi, goʻyo atrofidagi hamma narsa oʻzgarib ketgandek tuyuladi. Bemor koʻziga koʻringan narsalarni, qulogʻiga eshitilgan tovushlarni koʻpincha yodida saqlab qoladi. Ammo atrofida sodir boʻlgan voqealarning hammasini eslay olmaydi. Alaxlash bir necha soatdan 3—5 kungacha davom etib, baʼzan qaytalanib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x