ALAND OROLLARI

ALAND OROLLARI, Axvenanma — Boltiq dengizida, Botnik qoʻltigʻiga kiraverishda; 6,5 mingdan ortiq granit orol (bal. 132 m gacha) va qoyalardan iborat. Finlyandiya tarkibida. Mayd. 1,5 ming km2. Aholisi 25 ming kishi chamasida. Yer yuzasi sertepa. Iqlimi moʻtadil, dengiz iqlimi. Yillik yogʻin 550 mm. Aralash oʻrmonlar, butazorlar va oʻtloqlar bor. Baliq ovlanadi, dengiz kurortlari mavjud. Aland orollari 1809-y. gacha Shvetsiya tasarrufida, soʻngra (1917-y. dek. gacha) Rossiya hukmronligida boʻlgan. 1921-y. da Millatlar Ligasi Kengashi Finlyandiyaning Aland orollari ustidan suverenitetini tan oldi. 1921-y. gi Jeneva konvensiyasiga muvofiq Aland orollari demilitarizatsiya qilingan. 2-jahon urushidan soʻng yangidan demilitarizatsiya qilindi (1947).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x