ALAMLISOY

ALAMLISOYSamarqand viloyati Payariq tumanidagi soy. Qaroqchitogʻning jan. yon bagʻrida 900 m bal. dan boshlanib, Tohirshayx adirlarida tugaydi. Uz. 8 km dan ziyod. Alamlisoy vodiysining kengligi 100—200 m. Vodiyda uchtagacha terrasa bor. Suv yigʻish havzasi mayd. 11 km2. Yomgʻir va buloqlardan suv oladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 20—25 l/sek. Alamlisoy suvining koʻp qismi (40%) bahorda (birgina apr. oyida 18%) oqadi, qolgan oylarda 5—9% dan ortmaydi. Bahorda sel kelib turadi. Alamlisoy yoqasida Alamli qishlogʻi chorvadorlarining qoʻtonlari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x