ALALIYA

ALALIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi va lalia — nutq) — bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻidagi nutq zonalarining chala rivojlanishi yoki zararlanishi sababli bolalarning tilga kirmasligi yoki tuzuk soʻzlay olmasligi. Bola boshining ona qornidaligida yoki tugʻilish chogʻida jarohatlanishi, shuningdek goʻdaklik davrida ogʻir kasalliklar bilan ogʻrishi va b. A. ga sabab boʻladi. Alaliyada bola nutqi uzoq vaqt rivojlanmaydi: 5—7 yoshgacha, baʼzan 10—12 yoshgacha bolaning tili chiqmaydi. Alaliyaning motor va sensor xillari bor. Sensor Alaliya kamdan-kam, motor Alaliya esa xiyla koʻp uchraydi. Motor Alaliyada bola kam va notoʻgʻri gapiradi, unga qaratilgan nutqni tushunadi. Ayrim tovushlarni talaffuz qilgani bilan tovush birikmalarini oʻzlashtira olmaydi, butun soʻz oʻrniga uning bir qismini aytadi (mas, mushukni «mu» deydi) va h. k. Sensor Alaliyada bola atrofdagilarning nutqini yomon tushunadi yoki mut-laqo tushunmaydi. Bunda bola nutqining nihoyatda buzilishi ulgʻaygan sari ruhiy taraqqiyotda ham oʻz tengdoshlaridan ortda qolishiga sabab boʻladi. Alaliyaga yoʻliqqan bolalar maxsus maktablarda alohida usul bilan oʻqitiladi. Natijada, garchi uzoq vaqt davomida boʻlsa ham, ularning koʻplari (motor Alaliyaga yoʻliqqanlari) nutqi tuzalib, odatdagi maktablarning oʻquv dasturini oʻtadilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x