Ala ad-Din Muhammad II

Tarjimai hol

 

Ala ad-Din Muhammad II (fors. علاءالدين محمد‎ — Ala al-Din Muhammad, to‘liq ismi — Ala ad-Duniya va-d-Din Abu-l-Fatx Muhammad ibn Tekesh) (1169—1220) — 1220-1220 yillar Xorazm shohi. Gurganja (Ko‘hna Urganch) poytaxti bilan ulkan saltanatni otasidan meros qilib olgan, Xorazmshoh Tekeshning kichik o‘g‘li.

Muhammad II ning hukmronligi Guridlar bilan bo‘lib o‘tgan jangdan so‘ng boshlangan. Guridlar Nashapurni egallagan va Hirotga yuborilgan xorazmshohning ukasini tutqinlikka olib, Abiverd, Seraxs, Nisoni deyarli jangsiz egallagan. Muhammadning jangchilari Hirotni qamal qilib, bir oy davomida qo‘shin mudofaasini yorib kirishga harakat qildilar. Xorazmshoh badalni olganidan so‘nggina qamalni olib tashlaydi. Bu vaqtda Guridlar hukmdoriga yordamga Hindistondan akasi — Shixab ad-Dinning qo‘shini yetib keladi. Ko‘p qon to‘kilganidan so‘ng xorazmshohlar chekinishga majbur bo‘lishadi. Chekinayotgan Muhammad II ni ta’qib qilib, Shixan ad-Din Xorazm poytaxti Gurganjni o‘rab oladi. Bu vaqt shahar mudofaasi uchun qipchoq xonlarining qizlaridan biri — shohning onasi Turkan xotun javobgar bo‘lgan. Qoraxitoylar ko‘magi ostida Muhammad Guridlarni Xorazmdan tashqariga chiqarib, tinchlik sulhini tuzishga muvaffaq bo‘ladi, lekin urushni to‘xtata olmaydi. 1206 yil Shixab ad-Dinning o‘limidan so‘nggina ushbu xatar ortda qoladi. Guridlar davlati bo‘laklarga bo‘linib, Xorazm qaramog‘iga o‘tib ketadi.

Guridlar ustigan g‘alaba qozongandan so‘ng Muhammad qoraxitoylar bilan jangga tayyorlana boshlaydi. Birinchi jangdayoq, qoraxitoylar Xuroson va Samarqand hukmdorini o‘zlariga og‘dirgan holda xorazmshohning qo‘shinini tor-mor qiladi, bundan so‘ng Muhammad bir muncha vaqtga ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. 1208 yilning bahoriga kelibgina Muhammad Xorazmga qaytadi. O‘z davlatini mustahkamlab, qoraxitoylar bilan hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko‘rarkan, xorazmshohni xaloskor deb qabul qilgan qoraxitoy davlatining musulmon xalqiga tayanadi. 1210 yilning sentyabr oyida Ilamish hamda Sirdaryo tekisliklarida bo‘lib o‘tgan jangda qoraxitoylar mag‘lubiyatga yuzlanishadi. Musulmonlar olamida Muhammadning g‘alabasi islomning “g‘ayridinlar” ustidan g‘alabasi sifatida qabul qilinib, xorazmshohning obro‘si ko‘klarga ko‘tarilgan. Rasmiy hujjatlarda Muhammadni “Ikkinchi Iskandar” va “Sanjar sulton”, deya sharaflashgan. Uning uzugida “Ollohning Yerdagi soyasi” yozuvi paydo bo‘lgan — bu saljuqiy hukmdorlarining asosiy bir unvonidir.

1212 yilda Samarqandda xalq g‘alayoni ko‘tarildi. Bu holat Muhammad tomonidan shafqatsiz bostirilgan, shundan so‘ng bu shaharni u poytaxt etib tayinlashga qaror qiladi. 1215 yilga kelib uning xorazmshohlik hukmronligi Xorazmning o‘ziga, Movarounnahr, Janubiy Turkmaniston, Afg‘oniston, Eron, Ozarbayjon va boshqa hududlarga tarqalgan. 1217 yil nafaqat dunyo, balki diniy olam hukmdori bo‘lish istagida Muhammad musulmonlar olamining diniy markazi hisoblanmish Bog‘dod shahriga yurish boshlaydi. Biroq, yurish vaqti uning jangchilari qor ko‘chkisi ostida qolib ketib, halok bo‘lishadi. Muhammad o‘z rejalaridan voz kechib, Samarqandga qaytishiga to‘g‘ri keladi.

1218 yil Chingizxon sharqdagi raqiblariga qarshi jang boshlash hamda o‘zaro savdo-sotiq hamkorlik takliflari bilan elchilarini Muhammadning oldiga yuboradi. Ammo, o‘z rejasida u xorazmshohlar davlatiga ega chiqishni ko‘zda tutgan. Xorazmshoh mazkur kelishuvdan bosh tortadi va O‘tror hukmdori Inalchuk Qayir-xonning taklifi bilan elchi-savdogar va yuz nafar mo‘g‘ul ofitser-josuslarni qatl ettiradi. Chingizxon Qayir xondan to‘lov pulini talab qiladi, lekin Muhammad unga javoban, Xorazm chegaralariga yaqinlashib, xorazmshohlar jangchilari bilan to‘qnashgan Subedey-bagatur va Toxuchar-noyon boshchiligidagi mo‘g‘ul askarlarini yana qatl ettiradi. Muhammadning o‘g‘li Jalol ad-Din boshchiligidagi Xorazm jangchilarining o‘ng qanoti o‘z bo‘lagini muvaffaqqiyatli himoya qilib, qo‘shinning markaziy hamda chap qanotiga ham yordam berishga musharraf bo‘ladi. Kechka borib, jangda ikki qarama-qarshi taraf ham biror natijaga erishmaydi. Kechqurun mo‘g‘ullar gulxanlarni yoqib, jang maydonini tark etishadi. 1219 yil bahorida Chingizxon Xitoyni zabt etishni yakunlamay, 200 ming kishilik qo‘shinini Xorazmga yuboradi.

1219 yil Chingizxonning qo‘shini Xorazmga kirib borishi bilan Muhammad II hal qiluvchi jangni amalga oshirishga jur’at qila olmaydi. Butun davlatning shahar va qal’alari bo‘ylab tarqalgan guruhlarga bo‘lingan qo‘shinlarini tashlab chiqib ketadi. Mo‘g‘ullarning shiddatli hujumidan so‘ng birin-ketin O‘tror, Xo‘jakent, Toshkent (Choch), Buxoro, Samarqand, Balx, Marv, Nishopur, Hirot, Urgachn va Xorazmning boshqa yirik shaharlari yengiladi. Xorazmliklarning o‘zi ma’lum qilishicha, ular vayrongarchilikka yo‘liqishgan, aholisi esa — yoppasiga (manbalarga ko‘ra, Urganchda 500 ming kishi, Hirotda 200 ming kishi, Marvda 500 ming kishining o‘limi qayd qilingan) o‘ldirilgan. Xorazmshoh avvaliga, qolgan qo‘shini bilan Forsga chekingan, keyin Kaspiyosti viloyatiga kichik lashkarlar bo‘linmasi bilan qochgan.

Kaspiy dengizidagi Abeskun orollarida Chingizxon ta’qibidan yashirinib, 1220 yil vafot etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x