AKVAMETRIYA

AKVAMETRIYA (lot. aqua — suv va yun. metreo — oʻlchayman) — anorganik va organik moddalar tarkibidagi suv miqdorini bevosita aniqlash. Bunda, mas, moddani maxsus shkafda oʻzgarmas vaznga kelguncha quritish yoki uni kalsiy karbid bilan ishlab, ajralib chiqadigan atsetilen hajmini oʻlchash kabi usullar qoʻllaniladi. Akvametriyaning boshqa usullardan afzalligi shundaki, modda tarkibidagi suv erigan, yutilgan, gidratlangan, kristall va b. holatlarda boʻlib, miqdori juda oz boʻlganida ham bu usul qoʻl kelaveradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x