AKUSTIK ZONDLASH — atmosfera yuqori qatlamlarining t-rasi, namligi, bosimi, tarkibidagi gazlarning oʻrtacha molekulyar hamda atom ogʻirligi va b. koʻrsatkichlari haqida maʼlumot olish. Atmosferada tovush tarkalishini oʻlchab amalga oshiriladi. Tovush toʻlqinlari oʻz xossalari bilan farq qiladigan atmosferaning bir qatla-midan ikkinchisiga oʻtayotganda sinadi va tarqalish yoʻnalishi oʻzgara borib, yer sirti tomonga burila boshlaydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые