AKTYORLIK SANʼATI

AKTYORLIK SANʼATIaktyor ijrochiligi, teatr, kino, televideniye va radiola badiiy obraz yaratish sanʼati. Aktyor maʼlum rolda oʻynar ekan, oʻz qahramoni qiyofasiga kirib, uning feʼl-atvorini, ichki dunyosi va intilishlarini ifodalaydi. Bunda u pyesa, libretto yoki ssenariydagi mazmunni oʻz ijodi, hayotiy tajribasi bilan boyitadi, jonlantiradi. Obraz yaratishda aktyorning nutqi, gavdasi, yuz va koʻz imoishoralari, tuygʻulari, idroki asosiy vositalardir. Aktyor grim, libos, baʼzan niqobdan foydalanadi, gavdalantiradigan kishisi yoki boshqa mavjudotga yarasha xatti-harakat, ohang, imo-ishora topadi, ichki va tashqi tomonni birbiriga uygʻunlashtiradi. Aktyorlik sanʼati ijrochilarning dunyoqarashi, shaxsiyati, ijodiy oʻziga xosligiga tayangan holda hayotiy voqelikni aks ettiradi. Sanʼat turlari (drama, opera, balet, kino, telefilm, telespektakl, radioteatr) va turli-tuman janrlarga qarab Aktyorlik sanʼati bir qator uslublar va yoʻnalishlarga boʻlinadi. Sahnada ijod qiluvchi aktyorni yuzlab tomoshabin bevosita kuzatib turadi. Shuning uchun u har bir soʻzni baland tovush bilan aytishga, har bir harakatni boʻrttirib koʻrsatishga majbur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x