AKSEPTSIZ TOʻLOVLAR — bankka taqdim etilgan toʻlov talabnomasiga asosan amalga oshiriladigan toʻlovlar. Toʻlovchining roziligi talab etilmaydigan hollarda qoʻllaniladi (hujjatlarda maxsus «akseptsiz» deb qayd etiladi). Mas, kommunal xizmatlar (gaz, suv, kanalizatsiya) toʻlovlari Akseptsiz toʻlovlar tartibida oʻtkaziladi. Shuningdek standartlarga mos kelmaydigan tovarlar uchun ortiqcha toʻlangan summani qaytarib olish talabnomasi, rejali toʻlovlar qatoridagi talabnomalar ham Akseptsiz toʻlovlarga kiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые