AKS SHUʼLA — osmonning Quyoshga diametrial qarama-qarshi tomonida tumansimon, yoyiq dogʻday koʻrinadigan kucheiz shuʼla. Sayyoralararo changga tushayotgan quyosh nurlarining qaytishidan hosil boʻladi. Aks shuʼlani faqat oydinsiz, tim qorongʻi va havo ochiq tunlarda, mart-apr. hamda sent.-okt. oylarida kuzatish mumkin. U Kavkaz va Oʻrta Osiyo hududlarida yaxshi kuzatiladi. Aks shuʼla yorqinligi tungi osmon yorqinligidan 10—15% ortiq. Aks shuʼlaning yorqinligi va shakli quyosh nuri faolligiga qarab oʻzgarib turadi. Aks shuʼla tabiati hali yaxshi oʻrganilgan emas.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые