AKROLEIN (propenal, akril aldegid) , — toʻyinmagan alifatik aldegid, oʻtkir hidli, rangsiz, uchuvchan suyuklik; suyuklanish t-rasi 86,5 dan 88° gacha, qaynash t-rasi 52,7°. A. lab. sharoitida glitseringa kaliy bisulfat (q. Kaliy sulfat), fosfat kislota yoki borat kislota taʼsir ettirish yoʻli bilan oson olinadi. Sanoatda formaldegidni atsetat aldegid bilan SiO, ishtirokida 300—320° da gaz fazada kondensiyalash yoʻli bilan hamda pro-pilenni havo kislorodi bilan suv bugʻi va vismut — molibden katalizatorlari ishtirokida oksidlab olinadi. Akrolein akrilonitril, glitserin, piridin, R-nikolin, etilvinil efirlar, poliakrolein va b. olishda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые