AKMALXONOV Shavkat Asomovich (1933.18.8, Toshkent) — zootexnik olim. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi FA akad. (1991), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983). q. x. fanlari d-ri (1973), prof. (1975). Samarqand qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1956), Oʻzbekiston chorvachilik i. t. in-tida ilmiy xodim (1961—63), in-t direktori (1963—84). VASXNILning Oʻrta Osiyo boʻlimi raisi va VASXNIL vitse-prezidenti (1984—91). 1991-y. dan Oʻzbeki-ston chorvachilik in-ti boʻlim mudiri. Akmalxonovning ilmiy ishlari qoramollar seleksiyasi, sutni sanoat usulida yetishtirish texnologiyasi masalalariga bagʻishlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые