AKKOMODATSIYA

AKKOMODATSIYA (lot. accomodatio moslashuv) — koʻzning turli masofadagi narsalarni ochiq-ravshan koʻrishga moslashuvi. Yaqin va uzoq, masofadagi narsalar aksi toʻppa-toʻgʻri koʻz toʻr pardasiga tushishi uchun koʻz gavhari qavariq yoki yalpoq boʻlishi kerak. Yaqindagi narsalarga qaragan paytda koʻz gavhari sharga oʻxshash qavariqshaklga, uzoqdagi narsalarga qaraganda esa choʻzilib, tekis yuzali shaklga kiradi. Bu jara-yonda koʻzdagi kipriksimon tana, koʻz gavhari va ularni bir-biriga bogʻlab turgan juda koʻp noziq naychalar, rangdor parda hamda koʻz qorachigʻi faol qatnashadi. Ana shu xususiyatlar tufayli sogʻlom koʻz hamma vaqt ravshan koʻradi. Yosh ulgʻaygan sari koʻz gavharining elastikligi oʻzgaradi va odam taxm. 60—65 yoshida koʻzining moslashish qobiliyatini yoʻqota boshlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x