AKKA — Oʻrta dengiz sohilidagi shahar. Isroil davlatida. Qadimda Akko deb atalgan. Jan. Finikiyaning yirik savdo markazi boʻlgan. Ilk bor mil. av. 15-a. ga oid manbalarda zikr qilinadi. Mil. av. 8—4 – a. larda Akka Tir shahar davlati, mil. av. 3 – a. da esa Ptolemeylar tasarrufida boʻlib, Ptolemaida deb atalgan. Mil. av. 2—1 – a. boshlarida salavkiylarga, mil. av. 63 y. dan Rimga tobe boʻlgan. 638-y. arablar egallagan, 110487 va 1191-1291-y. larda salibchilar qoʻl ostida boʻlgan. 1516—1918-y. larda Usmonli turk saltanati tarkibida. 1799-y. A. (u paytda Sen-Jan-dʻAkr deb atalgan) Napoleon Bonapart armiyasining 3 oylik qamaliga bardosh berib, dushmanni chekinishga majbur qilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые