Tarjimai hol
Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 705- o‘qchi polk dastgoh pulemyotlar bo‘limi qo‘mondoni (Markaziy frontning 60-armiyasi 121-Rilsk o‘qchi diviziyasi) Sovet Ittifoqi qahramoni.
1915 yil Aktyubinsk shahrida, hozirgi Qozog‘iston Respublikasi Aktyubinsk viloyati markaziy ma’muriyatida xizmatchilar oilasida tug‘ilgan. Millati rus. Ma’lumoti yakunlanmagan o‘rta. Toshkent viloyati Ordjonikidzevskiy tumanida yashab xizmat qilgan.
1941 yilning yanvar oyidan Qizil armiya tarkibida. Shu yildan e’tiboran frontda. Butun ittifoq kommunistik partiyasi / Sovet ittifoqi kommunistik partiyasi a’zosi.
1943 yil sentabr oyida 705-o‘qchi polki dastgoh pulemyot bo‘limi qo‘mondoni. Katta serjant Fyodor Akimov pulemyotlik hisobi bilan rotada birinchilardan bo‘lib Dnepr daryosidan Ukraina poytaxti Kiyevning shimoliy qismiga o‘tadi, ammo dushmanlarning siquvi tufayli daryoning chap qirg‘og‘iga o‘tishga majbur bo‘ladi.
Keyinroq katta serjant Akimov yana bir bor Dnepr daryosini kechib o‘tadi va Glebovka daryosiga yaqin to‘xtab, bir guruh jangchilari daryoni kesib o‘tishlari uchun dushmanlarni o‘qqa tutib turadi. Bu harakat o‘qchi qo‘shin daryoni kesib o‘tishiga va Ukrainaning Kiyev viloyati Vishgorodsk tumani Kozarovich qishlog‘iga bostirib kirishga imkon berdi.
SSSR Yuqori Soveti Prezidiumi farmoni bilan 1943 yil 17 oktabrda frontda jangovar qo‘mondonlik topshiriqlarni namunali bajarganligi uchun, nemis-fashistlari bosqinchilariga qarshi kurash hamda jasorat va qahramonlikni ko‘rsatganligi uchun katta serjant Akimov Fyodor Filippovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilib, Lenin ordeni va “Oltin yulduz” medali bilan taqdirlandi.
Urushdan so‘ng F.F.Akimov xizmatdan ozod etilgan. O‘zbekistonning Toshkent viloyati Ordjinikidzevsk tumani Qibray shaharchasida yashagan va ishlagan. U 1965 yilda vafot etgan. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining sharqiy Qorasu massivida joylashgan “Sho‘rtepa” qabristoniga dafn qilingan.
Mukofotlari
• Sovet Ittifoqi Qahramoni “Oltin yulduz” medali
• Lenin ordeni
• Qizil yulduz ordeni
• Medallar