AKBAROV Habibulla Asatovich (1936.24.3, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1994). Geol.-mineralogiya fanlari d-ri (1986), prof. (1992). Oʻrta Osiyo politexnika in-tining geol.-qidiruv f-tini tugatgan (1958). Oʻrta Osiyo geol. va mineral xom ashyo in-tida sektor mudiri (1968-79), boʻlim mudiri (1979-86), direktor oʻrinbosari (1987—91). 1992—96 y. larda ToshDTU prorektori va ayni vaqtda shu un-t foydali qazilma konlari kafedrasi mudiri. 1996-y. dan Oʻzbekiston FA Yer haqidagi fanlar boʻlimi raisi va FA Prezidiumi aʼzosi (1997-y. dan). Akbarovning ilmiy ishlari endogen ruda konlari va maydonlari tuzilishi, ularning paydo boʻlish va joylashish qonuniyatlarini oʻrganish, rudalarni izlash va bashoratlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga bagʻishlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые