AKARIFAGLAR

AKARIFAGLAR (yun. akari — kana va phagos — yeyuvchi) — yirtqich va parazit hasharotlar hamda kanalar; oʻrgimchakkanalarning tabiiy kushandalari. Sugoriladigan dehqonchilik mintaqalarida oddiy oʻrgimchakkana bilan oziqlanuvchi Akarifaglarning 40 turi aniqlangan. Gʻoʻza va boshqa q. x. ekinlaridagi oʻrgimchakkana bilan oziqlanib, ular sonini kamaytiruvchi Akarifaglar — stetorus, kanaxoʻr tripe, yirtqich qandala — orius, oltinkoʻzlar, fitoseid oilasiga mansub yirtqich kanalar va b. katta ahamiyatga ega. Yirtqich kanalardan issiqxonalardagi oʻsimliklarni, bahor va kuzda esa harorat 30% dan yuqori va havo namligi 60—80% li sharoitda gʻoʻzani zararkunandalardan himoya qilishda hasharotlarni mavsumiy tarqatish usulida foydalaniladi (yana q. Foydali hasharotlar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x