Ahmadjon Meliboyev (1946)

Ahmadjon Meliboyev 1946 yili Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi.

Mehnat faoliyatini yoshlar gazetasida oddiy muxbirlikdan boshlab, soʻng hozirgi “Yangi asr avlodi” nashriyotida davom ettirdi. 1988–2000,2004–2010 yillarda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi bosh muharriri sifatida, shuningdek, boshqa qator masʼul lavozimlarda faoliyat koʻrsatdi.

Ahmadjon Meliboyevning “Bir zaminda yashaymiz” (1982), “Umidli dunyo” (1984), “Yolgʻiz yashab boʻlmaydi” (2006), “Hushtakni kim chaladi” (2007), “Umr uchar yulduz” (2006), “Torning choʻmichdan farqi” (2007), “Suvora sogʻinchi” (2007), “Qirq beshinchi bekat” (2008), “Qabohat toʻri” (2013) publitsistik toʻplamlari, “Oʻngʻor ertaklari” (1985), “Safed Bulon hikoyalari” (2009) qissalari hamda “Xotin yoʻgʻida” (2007), “Xoʻrandaning qozoni” (2010) hajviy kitoblari, shuningdek, “Sifatsiz magʻzava”, “Keksa Charlining xavotiri”, “Sumak sovgʻa qilgan bolakay”, “Mudhish latifalar”, “Siyosat va manfaat”, “Milliarderning afsusi samimiymi?” kabi qator pamfletlari, “Publitsistikada davr ruhi va badiiy talqin” (2011) oʻquv qoʻllanmasi, yuzdan ortiq badiiy publitsistik maqolalari nashr etilgan.

Ahmadjon Meliboyev badiiy publitsistika bilan birga satira va yumor sohasida ham barakali ijod qiladi. Ahmad Ogʻa taxallusi bilan eʼlon qilinayotgan hajviy asarlari, turfa jarayonlarga hozirjavob munosabati, kutilmagan topilmalari bilan oʻquvchini oʻziga jalb qiladi. Adib Said Ahmad, Neʼmat Aminov kabi ustoz ijodkorlar anʼanalarini oʻziga xos tarzda davom ettirmoqda (“Dogʻda qoldirish sanʼati”, “Alvido, xurrak”, “Adashgan tandir”, “Omborda nima gap?”, “Oʻlma, oshqozon”, “Aziz Nesin va qassob”, “Men qayerdaman?”, “Birovning haqi” kabi hajviyalar).

Ahmadjon Meliboyev ayni paytda Oʻzbekiston Milliy universiteti dotsenti, Yozuvchilar uyushmasi badiiy publitsistika kengashining aʼzosidir.

Adib 1997 yil “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) ki

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/ahmadjon-meliboyev-1946/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x