AHMAD ibn ASAD (? – 865) — Fargʻona (817-y. dan) va Samarqand (842-y. dan) amiri. Somonxudotning nabirasi. Rofe ibn Lays qoʻzgʻoloni paytida Ahmad ibn asad A. oʻz birodarlari Nuh, Yahyo va Ilyoslar bilan Sugʻdda qoʻzgʻolonni bostirishda xalifalikka katta yordam bergan. Buning evaziga xalifa Maʼmunning koʻrsatmasiga koʻra Xuroson hokimi Gʻasson ibn Abbod (813-821) 817-y. A. i. A. ni Fargʻonaga, akasi Nux ibn Asadni esa Samarqandga, Choch va Ustrushonaga Yahyoni, Hirotga Ilyosni amir qilib tayinladi. Akasi Nuh vafotidan keyin (842) Ahmad ibn asad A. Samarqand amiri boʻlib qoldi. 875-y. xalifa Muʼtamid (870 — 892) Ahmad ibn asad A. ning oʻgʻli Nasr ibn Ahmadnn butun Movarounnahr amiri etib tayinlagan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые