Ahmad al-Farg’oniy haqida

Buyuk alloma Ahmad Farg‘oniy Farg‘onada tug‘ilgan. IX asrda yashab ijod etgan. Uning asl ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir.

Allomaning ijodiy faoliyati Bag‘dod bilan, Al-Xorazmiy rahbarligida faoliyat ko‘rsatgan «Baytul hikma» bilan bog‘liq. Farg‘oniy Bag‘dod va Damashqtsagi rasadxonalar qurilishiga qatnashgan, Ptolomey «Yudduzlar jadvali» dagi ma’lumotlarni tekshirgan, 812 yilda quyosh tutilishini oldindan bashorat qilgan, Yerning dumaloq ekanligini ochgan, Misrda Nil daryosi suvini o‘lchaydigan asbob yasagan, falakiyot ilmiga munosib hissa qo‘shgan. Yevropaliklar allomani «Al Fraganus» deb atashgan. Uning 7 ta asari saqlanib qolgan. 1998 yilda Farg‘oniyning 1200 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Kuva shahrida unga haykal o‘rnatildi va istirohat bog‘i barpo etildi.

Asarlari: «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» («Astronomiya asoslari»), «Falakiyot ilmining usullari haqida kitob», «Usturlob yasash haqida kitob», «Yetti iqlim hisobi’’ boshq.

tarix.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x