AHIYI HIRAVIY

AHIYI HIRAVIY (15 – a.) — hirotlik xushovoz hofiz, mashhur bastakor, ustoz. A. Jomiyning «Qaytadan dilimga tushdi, shunday zoʻr ishqu muhabbat…» matlali sheʼri bilan oʻqiladigan turkiy zarb usulidagi Rosta panjgoh singari asarlarning musannifi. Ubaydullaxon Hirotni ishgʻol etgach, Ahiyi Hiraviyni Buxoroga olib ketgan. A. H. Buxoroda shuhrat qozongan. Hofiz Ushshoqiy, Boboyi Changiy Buxoriy, Xoja Hamzaiy Toshkandiy, Darvish Maqsud Andijoniy, Hofiz Miroqiy Buxoriy, Hofiz Boqiy Roʻdiy kabi dongdor sanʼatkorlarni tarbiyalab yetishtirgan. A. H. Zarbul-fathusuli (Iroqmaqomi yoʻli)dagi ik-kita musiqa asarlarini mashhur bastakorlar Xoja Bobo bilan Xoja Hamzaga bagʻishlagan. Zamonasining mashhur musiqashunosi Darvishali Changiy A. H. dan koʻp naqshlar b-n savtlar qolganligini taʼkidlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x