AGRA

AGRA — Hindistonning shim. dagi shahar, Uttar-Pradesh shtatida, Jamna (Yamuna) daryosining oʻng sohilida. Aholisi 899 ming kishi (1991). Yirik t. y. tuguni. AgraBombay avtomagistralining oxirgi manzili. Agra 16 — 19-a. larda Boburiylar qarorgohi (poytaxti) boʻlgan, ayniqsa Akbar va Shoh Jahon davrida ravnaq topgan (16 — 17-a. lar). Agrada 16 — 17-a. larga doir musulmon meʼmorchiligining ajoyib yodgorliklari saqlanib qolgan. «Agra-Fort» (16-a.) qasri va uning ichida «Marvarid mayejid» (17-a.), bir qancha saroylar bor. A. ya kip i da Shoh Jahon va uning xotini (Mumtoz Mahal) maqbarasi — Tojmahal joylashgan (17-a. oʻrtalarida qurilgan). Tojmahal Sharq meʼmorchiligining ajoyib namunasidir. Jome masjid (1628), Eʼtimod ud-Davla maqbarasi (1628) kabilar jahon meʼmorchiligi durdonalaridan hisoblanadi. Bularni qurishda hind ustalari bilan birga Buxoro va Samarqand ustalari ham qatnashgan. 19 — 20-a. larda Agra qayta tiklandi. Shahar tashqarisidagi bogʻda alohida ansamblni tashkil etgan un-t binosi (1927) Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida qurilgan. Agra binolari marmarga ishlangan oʻyma va qadama naqshlari, fil suyagidan ishlangan buyumlari bilan mashhur. Agra sanoati asosan koʻn poyabzal, oziq-ovqat, qogʻoz, oynashisha korxonalari, Hindistonning shim. dagi eng yirik «Jons-Mils» yigiruv k-ti, elektr-texnika va b. korxonalardan iborat. Qoʻlda gazlama toʻqish va badiiy buyumlar yasash hunarmandchiligi taraqqiy etgan. Agrada un-t (1927) va Mahatma Gandi asarlarining maxsus kutubxonasi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x