AFRIKASHUNOSLIK

AFRIKASHUNOSLIKAfrika xalqlarining tarixi, urf-odatlari, mintaqaning ijtimoiy, iqtisodiy tuzumi, tillari, siyosati, iqtisodiyoti, madaniyati va undagi siyosiy jarayonlarni oʻrganadigan fan. Afrika va uning xalqlari toʻgʻrisidagi baʼzi maʼlumotlarni Movarounnahr xalqlari qadimdan bilganlar. Afrika qitʼasini Muhammad Muso Xorazmiy (9-a.) oʻzining «Surat ul-arz» («Yer shakli») asarida tilga olgan. Afrikadagi xalqlar, ularning urf-odatlari, mashgʻuloti va boyliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar dastlab ensiklopedist olimlardan Ahmad Fargʻoniy asarlarida, Abu Rayhon Beruniyning «At-Tafhim» («Tushuntirish»), «Qonuni Masʼudiy», nomaʼlum muallifning «Hudud ul-olam» («Olam chegaralari», 10-a.), Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» (11-a., uchinchi jild), Muhammad Najib Bakronning (13-a.) «Jahonnoma» va b. asarlarda uchraydi. Beruniy chizgan dunyo xaritasida Afrika qitʼasining ham shakli bor. Afrikaning tabiiy boyliklari va xalqlari toʻgʻrisidagi mufassalroq dalillarni biz Hofizi Abru (1361—1430)ning jugʻro-fiy asarlarida, Mahmud ibn Valining «Bahr ul-asror» («Sirlar dengizi») asarida koʻp uchratamiz. Afrikashunoslik borasida Rossiya FA 1959-y. da tashkil etgan Afrika in-tida yirik ilmiy ishlar olib boriladi. Tadqiqotlar yoʻnalishi quyidagicha: i. ch. kuchlari, ulkashunoslik, sivilizatsiya muammolari, xalqaro va Afrika mamlakatlariaro muammolar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, «islom omili», xotin-qizlar masalalari, mintaqadagi ilm-fan, taʼlim, moliya-kredit munosabatlari. Mazkur in-t jahondagi eng yetakchi ilmiy dargoxlardan boʻlib, oʻzining «Afrikanskiy roʻnok» («Afrika bozori») jur. ini, referativ toʻplamlar, kichik ensiklopediyalar, maʼlumotnomalar nashr etadi va «Aziya i Afrika segodnya» («Osiyo va Afrika bugun»), «Vostok» («Sharq») jur. larida Afrikaga oid muammolarni tadqiq va tahlil qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x