AFRIKA — qitʼa. Kattaligi jihatidan Osiyodan keyin 2-oʻrinda. Mayd. 29,6 mln. km2, orollari bilan 30,3 mln. km2. Aholisi 720 mln. kishi (1995). Deyarli oʻrta qismidan ekvator chizigʻi oʻtgan. Shim. dan jan. ga tomon qariyb 8 ming km ga choʻzilgan. Shim. qismining eni 7500 km (Almadi boʻrnidan Xafun boʻrnigacha). Jan. qismining eni 3100 km. Shim. da Oʻrta dengiz, gʻarbda Atlantika okeani, sharqda Hind okeani va Qizil dengiz bilan oʻralgan. 120 km li Suvaysh boʻyni orqali Osiyo bilan tutashgan. Yevropadan Afrikani Gibraltar boʻgʻozi ajratib turadi (eng tor joyi 13 km). Afrikaga bir necha orollar kiradi: sharqsa Madagaskar, Zanjibar, Sokotra, Mafiya, Pemba, Komor, Maskaren, Amirant va Seyshel o. lari; gʻarbda Madeyra, Kanar, Yashil Burun o. lari; Gvineya qoʻltigʻida Pagalu, San-Tome, Prinsipi, Bioko va uzoqroqdagi Vozneseniye, Santa-Yelena, Tristanda-Kunya o. lari va b. Qirgʻoqlari uzilmali, kam parchalangan, koʻpincha togʻlardan iborat. Qirgʻoq yaqinida pasttekisliklar bor. Qoʻltiqlari keng va ochiq, eng yiriklari — Gvineya va Sidra (Katta Sirt). Kulay buxtalari kam. Eng yirik ya. o. — Somali.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые