AEROLOGIYA STANSIYASI — shamol, t-ra, bosim va namlikni muntazam kuzatib boruvchi st-ya. A. s. da Yer ustidagi meteorologik kuzatishlar va aerologik oʻlchash natijalari tegishli tashkilotlarga yuborib turiladi. As. radiozond, aerostat, meteograflar, aerologik teodolit, radioteodolit va radiolokatorlar bilan jihozlanadi. Aerologiya stansiyasi maʼlumotlari aerologiya markazlarida jamlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые