AEROIQLIMSHUNOSLIK — iqlimshunosliknmnt troposfera va quyi stratosfera (25 km balandlikkacha)dagi iqlim sharoitlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Yer sirtining bevosita taʼsiri sezilmaydigan balandlikdagi qatlamdan erkin atm. (e. a.) boshlanadi. E. a. iqlim, meteorologik elementlar — bosim, t-ra, namlik, radiatsiya balansi va shamolning statistik koʻrsatkichlari bilan ifodalanadi. E. a. da shamol kuchayib, yoʻnalishi turgʻunlashadi. Iqlim hosil qiluvchi asosiy jarayonlar issiqlik almashishi, namlik almashishi va atm. ning umumiy sirkulyatsiyasidir. E. a. dagi barcha meteorologik elementlarning davriy va uzluksiz oʻzgarishi, koʻp yillik rejimi asosan shu jarayonlar bilan aniqlanadi. Iqlim hosil qiluvchi bu uch omil birbiriga bogʻliq. E. a. da namlik kamayishi atm. qurgʻoqchiligiga olib keladi. Geografik kenglikning meteorologik elementlarga taʼsiri balandlikka qarab orta boradi. E. a. qatlamlari iqlimi geografik kenglik boʻyicha aniq taqsimlanadi. Aeroiqlimshunoslik ana shu omillarni tadqiq qilish bilan shugʻullanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые