AEROIONOTERAPIYA (aero… va yun. ion — keluvchi, terapiya) — havo ionlari bilan davolash usuli. Bunda maxsus asboblar — aeroionizatorlar ishlatiladi; ular yordamida havoda koʻplab aeroionlar hosil qilinadi. Aeroionlar nafas yoʻllari va oʻpka alveolalaridagi oʻz konsentratsiyasi va zaryadiga qarab, oʻpka interoretseptorlari — sezuv nervi uchlarining qoʻzgʻaluvchanligini oʻzgartiradi. Bu yerda hosil boʻlgan impulslar bosh miya markazlariga boradi, soʻngra aʼzolarga tegishli signallar yetib keladi. Aeroionlar oʻpka alveolalari devoridan qonga oʻtib, oʻz zaryadini qon oqsillari va hujayra elementlariga beradi. Natijada qon va b. suyuqliklarda (mas, orqa miya suyuqligʻida) elektr zaryadlarining miqdori oʻzgaradi, bu hol markaziy va vegetativ nerv sistemasining faoliyatiga, pirovardida, organizm faoliyatiga foydali taʼsir etadi. Aeroionoterapiya taʼsirida toʻqimalarda moddalar almashi-nuvi va oksidlanish-qaytarilish jarayonlari tezlashadi, kislorod bilan taʼminlash kuchayadi. Aeroionoterapiya odatda boshqa davo tadbirlari b-n birga qoʻllaniladi. Aeroionoterapiyadan bronxiol astma, gipertoniya, uzoq vaqtgacha bitmaydigan yarachaqalarni va b. kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Aeroionoterapiya umumiy tarzda qoʻllanilishi yoki havo oqimi faqat jarohat, yaraga yoʻnaltirilishi mumkin. Aning bir qadar mukammal usuli — gidroaeroionoterapiya Toshkentdagi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya i. t. institutida keng qoʻllaniladi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии